Tegishli farmonni Prezident Ilham Aliyev imzoladi.
30 avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilham Aliyev Nasiba Melikovna Abdullaevaga Ozarbayjon xalq artisti faxriy unvonini berish to’g’risida farmon imzoladi.
Farmonga ko’ra, “Ozarbayjon Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Nasiba Melikovna Abdullaevaga ‘Xalq artisti’ faxriy unvoni berilsin.” — deyiladi mamlakat rahbariyatining rasmiy saytida.