Mukofotlar O’zbekiston madaniyati kunlari doirasida O’zbekistonning ko’zga ko’ringan musiqachilariga topshirildi.
O’zbekiston Madaniyat vazirligining matbuot xizmati xabar berishicha, bir nechta o’zbek artistlari Ozarbayjonning yuqori davlat mukofotlarini oldi.
Mukofotlar artistlarga payshanba kuni Bokuda O’zbekiston madaniyati kunlari doirasida topshirildi.
Taniqli o’zbek xonandasi Nasiba Abdullaeva Ozarbayjon xalq artisti guvohnomasini oldi.
Eslatib o’tamiz, Nasiba Abdullaevaga Ozarbayjon xalq artisti unvonini berish to’g’risidagi farmonni Ozarbayjon Prezidenti Ilham Aliyev o’tgan yilning avgust oyida imzolagan edi. Endi mukofotlar O’zbekiston madaniyati arboblariga tantanali ravishda topshirildi.